Pandemiya davrida Yevropada eng koʻp sotilgan avtomobillar reytingi eʼlon qilindi
фото: belnovosti.by
Britaniyalik avtoulov mutaxassislari shu yilning mart oyida Yevropada eng koʻp sotilgan avtomobillar reytingini tuzishdi.
Roʻyxat “JATO Dynamics” tadqiqot kompaniyasi tomonidan taqdim etildi.
Maʼlumotlarga koʻra, COVID-19 pandemiyasiga qaramay, garchi savdo deyarli 50 foizga tushgan boʻlsa-da, 23 mingdan ortiq nusxada sotilgan “Volkswagen Golf” avtomobili oʻtgan oy Yevropada eng talabgir avtoulovlardan biri boʻldi.
15 ming donadan koʻproq (-1,6%) sotilgan “Tesla Model 3” elektravtomobili esa ikkinchi pogʻonani zabt etdi.
Birinchi uchlikka 14,5 ming nusxada sotilgan (-50,6%) ixchamgina “Ford Focus” avtomobili yakun yasadi.
Toʻrtinchi oʻrin “Renault Clio”ga nasib etdi. Uning savdo koʻrsatkichi 13,3 ming donani tashkil etdi (-66,4%).
Beshinchi oʻrinda “Mercedes-Benz A-Class” yengil avtomobillari (13,2 ming nusxada sotilgan, -45,9%) qayd etildi.
Shuningdek, quyidagi avtomobil modellari birinchi oʻnlikdan joy olishdi: Skoda Octavia (13,2 ming dona), Nissan Qashqai (13 ming dona), Toyota Yaris (12,3 ming dona), Ford Fiesta (12,2 ming dona) va MINI Hatch (11,9 ming dona).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring