“Paxtakor”dan gʻalaba, “Andijon“ magʻlub boʻldi
Kecha, 4-mart kuni Oʻzbekiston Superligasining 2-tur oʻyinlari start oldi. Kun doirasidan oʻrin olgan dastlabki bahsda “Paxtakor” jamoasi “Qoʻqon-1912” klubi mehmoni boʻldi.
Uchrashuv mehmonlarning 1:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Gollarga “Paxtakor”dan Doston Hamdamov va Pyotr Parjishak mualliflik qildi. “Qoʻqon-1912”ning javob goliga esa Toma Tabatadze mualliflik qildi.
Kunning ikkinchi oʻyinida esa “Qizilqum” jamoasi oʻz maydonida “Andijon”ni qabul qildi. Oʻyin Akmal Rustamov boshqaruvidagi jamoaning 2:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Gollarga gʻoliblardan Islom Kenjabayev va Jambuli Jigauri mualliflik qildi. “Andijon”ning yagona javob goli esa Aleksandre Andronikashvili hisobiga yozildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring