Paxtakor tumaniga ham yangi rahbar tayinlandi
Foto: Jizzax viloyati hokimligi
Avvalroq Jizzax viloyatining Paxtakor tumani hokimi Asilbek Ashurov viloyatning Sharof Rashidov tumaniga hokim boʻlgani haqida xabar berilgan edi. Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashining bugun, 22-avgust kuni boʻlib oʻtgan navbatdan tashqari sessiyasida Abduvohidov Husan Boʻltakovich mazkur tumanga rahbar etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Ulugʻbek Mustafoyev ishtirok etgan sessiya ishida tashkiliy masala koʻrib chiqilgan.
Unda U.Mustafoyev Paxtakor tumani hokimi lavozimiga tavsiya etilgan nomzod — Abduvohidov Husan Boʻltakovichni deputatlarga tanishtirgan.
Shundan soʻng, viloyat hokimining Abduvohidov Husan Boʻltakovichni Paxtakor tumani hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlash toʻgʻrisidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan maʼqullangan.
Husan Abduvohidov yangi lavozimga tayinlangunga qadar 2023-yildan buyon Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihada moliyaviy masalalar boʻyicha maslahatchi boʻlib ishlab kelgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring