Pahlavon Mahmud xotirasiga bagʻishlangan Markaziy Osiyo II xalqaro turniri yakunlandi
Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash boʻyicha yoshlar oʻrtasida Pahlavon Mahmud xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan Markaziy Osiyo II xalqaro turniri yakuniga yetdi.
Musobaqada Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston davlatlari va mamlakatimizning barcha viloyatlaridan yosh polvonlar ishtirok etdilar.
Turnir erkaklar oʻrtasida 6 ta, qizlar oʻrtasida 4 ta vazn toifalari boʻyicha oʻtkazilib, gʻoliblar pul mukofotlari, diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Kurash federatsiyasining Xorazm viloyati boʻlimiga esa “Damas” rusumli yengil avtomashina sovgʻa qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring