«Oʻztransgaz»ga yangi rais tayinlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Narmatov Bexzot Raxmatullayevich «Oʻztransgaz» AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
B.Narmatov «Andijonneft» AJ boshqaruvi raisi, Energetika vazirligining Geologiya, neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan. Tayinlovga qadar Energetika vazirining oʻrinbosari lavozimida ishlayotgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring