OʻzRVB “Cbonds-Congres“s konferensiyasida ishtirok etdi
Bosh direktor R. Usmonov boshchiligidagi Oʻzbekiston respublika valyuta birjasi vakillari moliya bozorlari boʻyicha biznes-konferensiyalarni oʻtkazuvchi Cbonds-Congress kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan “Oʻzbekiston Respublikasi kapital bozori” V xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi.
Tadbirda regulyatorlar, mahalliy banklar, investitsiya kompaniyalari, ishlab chiqarish korxonalari, shuningdek, xalqaro moliya institutlari, reyting agentliklari va infratuzilma kompaniyalarining 200 dan ortiq vakili qatnashdi.
OʻzRVB Bosh direktori va birja vakillarining CBonds konferensiyasida ishtirok etishi Oʻzbekistonning butun birja bozorini rivojlantirish va uning jahon moliyaviy maydonidagi mavqeyini mustahkamlashda muhim qadamdir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring