Ozodbek Nazarbekovga birinchi oʻrinbosar tayinlandi
Buxoro viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Jamol Nosirov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-apreldagi qaroriga asosan Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.

Jamol Nosirov 1985-yil 12-iyunda Buxoro shahrida tavallud topgan. 2005-yili Buxoro davlat universitetining jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiya oʻqituvchisi, psixolog mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2008-yili esa universitetning magistraturasini tugatgan.
Bir muddat “Kamolot” YOIH Buxoro viloyat Kengashi raisi lavozimida ham mehnat qilgan.
Shundan soʻng 27-Jilvon saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputat etib saylangan edi. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-Demokratik partiyasining fraksiyasi aʼzosi boʻlgan.
2017-yilda esa Buxoro viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlangan edi.
Jamol Nosirovning bundan keyingi faoliyatiga ulkan yutuqlar tilaymiz.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring