Ozoda Sobirjonova bronza uchun belgiyalik Saraga qarshi maydonga chiqadi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Taekvondo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Ozoda Sobirjonova (-67 kg) bronza medali uchun oʻtish bahsida qatnashdi.
Jahonning 3-raqamli sportchisi serbiyalik Aleksandra Perishichning finalga yetib borishi Sobirjonovaga medal uchun imkoniyat yaratdi.
Oʻtish bahsida Ozoda tailandlik Sasikarn Tongchanga qarshi kurash olib bordi va umumiy 2:1 hisobida magʻlub etib, bronza uchun kurashadigan boʻldi. Uning bronza yoʻlidagi raqibi belgiyalik Sara Chaari!
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Sobirjonova Ozoda Obidjon qizi 2002-yilning 7-dekabr sanasida Jizzax viloyati Zomin tumanida dunyoga kelgan.
Avvalroq, Ulugʻbek Rashitov va Hasanboy Doʻsmatovlar ikki karradan Olimpiada oltin medal sohiblari boʻlgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring