“Oziq-ovqat tanqisligi boʻlmaydi!” Toshkent shahar hokimligi bozorlardagi navbat haqida

20:07 29 Mart 2020 Jamiyat
1488 0

Maʼlumki, 30-martdan Toshkent shahriga faqat maxsus ruxsatnomaga ega mashinalar kirib chiqishi va harakatlanishiga ruxsat berildi.

Ammo bu poytaxtga oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari olib kirilmaydi degani emas. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi bayonot berdi.

“Bugun shahrimizning koʻplab bozorlari va doʻkonlarida qishloq xoʻjaligi mahsulotlariga navbat kuzatildi. Bu esa karantin talablariga ziddir.

Shu sabab aholimizga murojaat qilib, zaxirada qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetarli ekanligini, bozor va doʻkonlar bunday mahsulotlar bilan muntazam taʼminlanishini maʼlum qilamiz.

Faqat zaruratga koʻra koʻchaga chiqing, odamlar bilan oraliq masofani saqlang, sanitariya-gigiyena talablariga rioya eting va bu bilan oʻzingiz hamda yaqinlaringiz salomatligini asrang!“ deyiladi hokimlik xabarida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер