Oziq-ovqat mahsulotlari taqchilligi boʻlmaydi
Illyustrativ foto
Oziq-ovqat sanoatida 12 mingdan ziyod korxona ishlab chiqarish bilan shugʻullanadi. Bugungi kunda ushbu korxonalar oʻz rejimida ishlamoqda. Korxonalarning aksariyatida ish 1 smenada tashkil etilgan va quvvatlarning 70 foizidan foydalanilmoqda. Ularda yana qoʻshimcha 30 foiz quvvatni ishga solish va ishni 2 smenada yoʻlga qoʻyish imkoniyatlari mavjud.
Mamlakatimizda 98 foiz oziq-ovqat mahsulotlari mahalliylashtirilgan. Deyarli barcha xom ashyo yurtimizda yetishtiriladi. Chetdan kakao va qahva donlari, sitrus mevalar kabi mahsulotlar import qilinadi.
“Oʻzbekoziqovqatxolding” kompaniyasi Axborot xizmati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring