“Oʻzgidromet” sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishidan ogohlantirdi

08:32 29 Noyabr 2024 Jamiyat
336 0

29-noyabr-1-dekabr kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda “Oʻzgidromet” direktori Sherzod Habibullayev maʼlum qildi.

Unga koʻra, 29-noyabr-2-dekabr kunlari Oʻzbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

Ushbu dekabrda respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi. 30-noyabr va 1-dekabrda ayrim joylarda yomgʻir qorga aylanishi mumkin.

Havo harorati asta-sekin pasayadi va 1-2-dekabrga kelib, 3 daraja sovuq — 2 daraja iliqni, kunduz kunlari 3-8 daraja iliqni, shimolda kechalari 3-8 daraja sovuqni, kunduz kunlari 2 daraja sovuq — 3 daraja iliqni tashkil etadi.

Respublikaning ayrim hududlarida shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Oʻzbekistonning togʻoldi va togʻli hududlarida 29-noyabr-1-dekabr kunlari sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Respublika hududi boʻyicha yomgʻir suvlari toʻplanishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер