“Oʻzbekneftgaz” AJ АССА xalqaro uyushmasi akkreditatsiyasiga ega boʻldi
“Oʻzbekneftgaz” AJga ACCAning Akkreditatsiyalangan ish beruvchi maqomi berildi. Bu bilan kompaniya moliya, buxgalteriya hisobi va audit sohasidagi mutaxassislarni professional rivojlantirishning xalqaro standartlariga muvofiqligi boʻyicha rasman eʼtirof etildi. Sertifikat moliyaviy boshqaruvda eng yaxshi jahon amaliyotini joriy etish imkonini beradi.
“Oʻzbekneftgaz” AJ yurtimizdagi Sertifikatlangan buxgalterlar uyushmasining “Kasbiy rivojlanish” yoʻnalishi boʻyicha Akkreditatsiyalangan ish beruvchi maqomini olgan 1-davlat, 3-ishlab chiqarish xolding kompaniyasi hisoblanadi.
Sertifikatlangan buxgalterlar assotsiatsiyasi – moliya yoʻnalishida yuqori darajadagi mutaxassislarni tayyorlashni oʻziga maqsad qilgan global professional uyushma hisoblanadi. Bu professional buxgalterlarning notijorat xalqaro tashkiloti boʻlib, uning asosiy maqsadi dunyodagi moliyaviy kasbni rivojlantirishdir. Assotsiatsiya 1904-yilda Buyuk Britaniyada tashkil etilgan boʻlib, hozirda dunyoning 180 dan ortiq mamlakatida oʻz vakolatxonalariga ega.
Akkreditatsiya va Assotsiatsiyaga aʼzolik jamiyat xodimlariga ilgʻor jahon tajribasiga asoslangan taʼlim dasturi doirasida professional malakani oshirish uchun qoʻshimcha imkoniyatlardan foydalanish imkonini beradi.
Shuningdek, kompaniyaning oʻz xodimlarini oʻqitishga sarmoya kiritishi, qiziqarli va noyob loyihalar ustida ishlashni taʼminlaydi, bu esa, oʻz navbatida, masʼuliyatli ish beruvchi sifatidagi mavqeyini mustahkamlaydi. Yana bir afzalliklaridan biri bu yosh iqtidorli va malakali mutaxassislarni jalb qilish orqali kompaniyaning moliyaviy barqaror biznesini rivojlantirishga imkon beradi.
Uyushma aʼzolari moliyaviy hamjamiyatdagi professionallar bilan tajriba almashishlari, ACCA tadbirlari va vebinarlarida ishtirok etishlari, shuningdek, muntazam ravishda treningdan oʻtishlari va malakalarini oshirishlari mumkin.
ACCA taʼlim dasturlari BMT tomonidan buxgalterlar, moliyachilar va auditorlar malakasini oshirish uchun yagona xalqaro qoʻllanma sifatida tasdiqlangan. Sertifikat professional hamjamiyatdagi eng nufuzli sertifikatlardan biridir.
“Xususiylashtirish va xalqaro kapital bozorlariga chiqishni rejalashtirayotgan davlat kompaniyalari uchun kadrlar malakasini tizimli ravishda oshirish strategik muhim vazifadir. Akkreditatsiyadan oʻtish, oʻz navbatida, xodimlar malakasini oshirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi”, — deb taʼkidladi “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisining moliya-iqtisod boʻyicha oʻrinbosari vazifasini bajaruvchisi Eskender Axayev.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring