Oʻzbekistonning Janubiy Koreya bilan jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi hamkorligi faollashmoqda
Oʻzbekistonning Seuldagi elchixonasida Kyongi-nambu provinsiyasi politsiya boshqarmasi boʻlim boshligʻi Choy Byung Bu bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Suhbat chogʻida xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha birgalikdagi ishlar masalalari va uni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilindi. Tomonlar ikki mamlakat huquq-tartibot idoralari oʻrtasidagi ushbu yoʻnalishdagi hamkorlikning izchil rivojlanishining ijobiy dinamikasini qayd etdi.
Qisqa vaqt ichida jinoyatchilikka qarshi kurash boʻyicha mutaxassislar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzaro aloqalar kanallari yoʻlga qoʻyildi, tashriflar almashinuvi amalga oshirilmoqda, ikki davlat mutaxassislari oʻzaro manfaatli axborot almashish imkoniga ega boʻldi.
Shularni hisobga olgan holda, shuningdek, Koreya politsiyasi kuni (21-oktyabr) munosabati bilan Choy Byung Bu elchixona vakillariga Kyongi-nambu provinsiyasi politsiya boshqarmasi boshligʻi Pak Ji Yong nomidan minnatdorlik yorligʻini topshirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik masalalarini atroflicha muhokama qilish, shuningdek, ushbu davlatdagi yordamga muhtoj fuqarolarimiz toʻgʻrisida maʼlumot almashish maqsadida bunday muloqotlarni muntazam ravishda oʻtkazishga kelishib oldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring