Oʻzbekistonning vaksina zahirasi 4 million 330 ming dozaga yetdi
Sogʻliqni saqlash vazirligi Matbuot kotibi Furqat Sanayev yurtimizda amalga oshirilayotgan koronavirusga qarshi chora-tadbirlar, shuningdek, vaksinatsiya jarayonlarining ikki oylik tahlili boʻyicha bayonot berdi.
shQayd etilishicha, u yilning 31-may holatiga koʻra, mamlakatimiz boʻylab ikki oy davomida yurtdoshlarimiz 646 ming 116 doza AstraZeneca, 1 million 351 ming 807 doza ZF-UZ-VAC2001, 71 ming 595 doza “Sputnik V” vaksinasi bilan emlangan.
Yurtimizga AstraZenecaning — 660 ming doza, ZF-UZ-VAC2001ning — 3 yarim million doza, “Sputnik V” vaksinasining — 170 ming doza partiyalari keltirilgan.
Shunday qilib, hozircha Oʻzbekistonning vaksina zahirasi 4 million 330 ming dozaga yetgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring