Oʻzbekistonning uchta hududida aholi orasida koronavirus aniqlandi

17:21 28 Iyun 2020 Jamiyat
910 0

2020-yil 28-iyun soat 17:00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 7813 (+88) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 64 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 14 nafari Andijon viloyati (shundan 8 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida), 6 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida (shundan 2 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari aholi orasida va yana 2 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 4 nafari Samarqand viloyatida aholi orasida qayd etilgan.

Ayni soatlarda poytaxtimizning tibbiyot muassasalarida 8 nafar koronavirusga chalingan bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi.

Shunday qilib, yurtimizda 5248 (+8) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sogʻayish koʻrsatkichi 67 foizni tashkil qilmoqda.

‼️Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 2544 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Sogʻliqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер