Oʻzbekistonning qaysi viloyatida koronavirus aniqlanmadi?

14:06 07 Aprel 2020 Jamiyat
1895 0

arxiv foto

Kasallikka chalinganlar respublikaning barcha hududlaridan aniqlangan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshligʻi, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov aytib o'tdi.

Maʼlum qilinishicha, virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan maʼlumotga koʻra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 92 bemorning 23 nafarida pnevmoniya belgilari kuzatilyapti, 5 nafarining ahvoli ogʻir, deb baholanmoqda.

Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 66 bemordan 1 nafarining ahvoli oʻrta ogʻirlikda, 1 nafariniki esa oʻta ogʻir.

“Koronavirusga chalingan bemorlar Toshkent shahridan tashqari yana 8 ta viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonalarida davolanayotgani toʻgʻrisida maʼlumot bergan edik. Bu bemorlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda doimiy yashaydigan fuqarolardir. Ular qaysi charter reys bilan qayerga olib kelingan boʻlsa, aynan shu yerda tibbiy kuzatuvga olingan, bemorlar esa tegishli tibbiy muolajalarni olyapti.

Biron bir hudud fuqarolari bizda kasallik chiqmadi, degan fikr qilishi kerak emas. Kasallikka chalinganlar respublikamizning barcha hududlaridan aniqlangan. Bundan koʻrinib turibdiki, har bir hududga kasallik kirib kelishi ehtimoli yoʻq emas”, deydi Otabekov.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda shu kunga qadar koronavirus aniqlanganlar 472 nafar yetdi. Ulardan 30 nafari butunlay sogʻaydi. 2 kishi vafot etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер