Oʻzbekistonning pomidor eksportidagi hajmi kamaydi
Oʻzbekiston soʻnggi 10 oy ichida 77,4 ming tonna pomidor eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar berdi.
Shuningdek, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-oktabr oylarida qiymati 54,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 77,4 ming tonna pomidor eksport qilgan. Bu 2020-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 7,2 ming tonnaga kam.
2021-yilning 10 oyi mobaynida Oʻzbekiston pomidor eksport qilgan asosiy davlatlar:
Rossiya — 39 ming tonna;
Qozogʻiston — 24,2 ming tonna;
Qirgʻiziston — 12,3 ming tonna;
Tojikiston — 2 ming tonna;
Belarus — 53,6 tonna;
AQSH — 20,9 tonna;
Afgʻoniston — 12,0 tonna;
BAA — 9,9 tonna;
Ukraina — 9,1 tonna;
Germaniya — 0,5 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring