Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari rekord darajadagi 35,9 milliard dollarga yetdi
Foto: Illustrativ foto
Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari aprel oyida 745,3 million dollarga ortib, 35,9 milliard dollarga yetdi. Bu Markaziy bank tomonidan 2013-yildan beri oltin-valyuta zaxiralari boʻyicha statistik maʼlumotlarni eʼlon qilinishi boshlangan davrdagi rekord koʻrsatkichdir.
Oʻsish, asosan, oltin zaxiralari qiymatining 444,2 million dollarga oshib, 21,3 milliard dollarga yetgani hisobiga sodir boʻldi. Shu bilan birga, ularning jismoniy hajmi ham 0,2 million unsiya (6,2 tonna), yaʼni 11,1 million unsiyaga (taxminan 345,2 tonna) oshdi.
Xorijiy valyuta zaxiralari aprel oyida 331,3 million dollarga oshib, 13,5 milliard dollarga yetdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring