Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi bayonot bilan chiqdi
Foto: Arxiv surat
Oʻzbekistondagi ayrim ommaviy axborot vositalari Isroil—Falastin harbiy toʻqnashuvlar chogʻida asirga olingan Oʻzbekiston fuqarolari haqidagi tasdiqlanmagan maʼlumotlarni tarqatmoqda.
Sizga shuni maʼlum qilamizki, Elchixonaga Isroil va Gʻazo sektoridagi mojaro hududlarida majburan ushlab turilganlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari borligi haqida maʼlumot kelib tushmagan.
Hozirda Oʻzbekiston fuqarolarini Isroilda roʻyxatga olish tezlashtirilgan va soddalashtirilgan tartibda amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan Elchixona Isroilda yashayotgan Oʻzbekiston fuqarolariga yana bir bor murojaat qilib, tezkor aloqa va amaliy yordam koʻrsatish maqsadida oʻzlarining istiqomat manzillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni diplomatik vakolatxonaning elektron manziliga joʻnatishni soʻraydi (havola).
Maʼlumot olishda ishonchli manbalarga tayanishingizni va tasdiqlanmagan maʼlumotlarni tarqatmaslikni soʻraymiz, deyiladi elchixona bayonotida.
Elchixonaning aloqa maʼlumotlari: 03-672-2466, 03-672-2371, 03-758-5075, 03-758-5076, 054-4851397.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring