Oʻzbekistonning gʻarbiy hududlarida 2-yanvar kuni yomgʻir yogʻadi, togʻli hududlarda qorga aylanadi
Foto: Arxiv surat
“Oʻzgidromet” 2-yanvar, dushanba kuni qanday ob-havo kutilayotganini maʼlum qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 1-3° sovuq, kunduzi 5-7° iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6°sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, Navoiy viloyatining ayrim hududlarida 25-30 m/s gacha yetishi mumkin. Harorat kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5°sovuq, kunduzi 2-7° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring