Oʻzbekistonning davlat qarzi 26 milliard dollardan oshdi
Foto: Illustrativ foto
Oʻzbekiston davlat qarzining qoldigʻi 2022-yil 1-yanvar holatiga 26,3 milliard dollarni tashkil qildi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar berdi.
26,3 milliard dollar qarzning 23,6 milliard dollari tashqi qarz, 2,7 milliard dollari ichki qarzdir. Bu koʻrsatkich yalpi ichki mahsulotning (YAIM) 38,0 foizini tashkil etadi.
Xalqaro valyuta jamgʻarmasining mamlakat iqtisodiyotiga oid hisobotiga koʻra, Oʻzbekistonning davlat qarzi ayni paytda “oʻrtacha” deb baholanmoqda.
Xususan, davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbati 2021-yil boshidagi 39,0 foizdan 2022-yil 1-yanvar holatiga koʻra 38,0 foizga kamaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring