Oʻzbekistonning baʼzi joylarida 11-iyun kuni qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin

05:07 11 Iyun 2022 Jamiyat
749 0

Foto: Illustrativ foto

“Oʻzgidromet” 11-iyun, shanba kuni uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi, 12-17 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 21-23 daraja, kunduzi 33-35 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar boʻlishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar boʻlishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 34-39 daraja boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar boʻlishi mumkin. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 32-37 daraja boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar boʻlishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 37-42 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar boʻlishi mumkin. Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 33-38 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, ayrim tumanlarda doʻl yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib gʻarbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 22-27 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер