Oʻzbekistonning barcha maktablarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” sadolari jarangladi
Bugun, 25-may kuni yurtimizning barcha maktablarida 2021-2022 oʻquv yili yakunlanib, “Soʻnggi qoʻngʻiroq” sadolari jarangladi.
Ushbu sana maktabni bitirayotgan har bir oʻquvchi uchun juda unutilmas va hayajonli lahzalarga boy boʻladi. Sababi aynan mana shu kuni barcha jonajon maktabi bilan xayrlashib, katta hayot sari qadam qoʻyadi. 11 yil davomida saboq olgan ustoz-murabbiylari, jonajon sinfdoshlari bilan xayrlashadi.
Joriy yilda ham “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari maktablarda oʻziga xos tarzda, koʻtarinki kayfiyatda oʻtkazildi. Joriy yilda yurtimizdagi 10 130 ta umumtaʼlim maktablarni 390 ming nafardan ortiq bitiruvchi tamomlamoqda.
Mamlakatimizning barcha taʼlim maskanlaridagi “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari Davlatimiz rahbari tomonidan bitiruvchi oʻgʻil-qizlarga yoʻllagan tabrikni oʻquvchilarga yetkazish bilan boshlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring