Oʻzbekistonning anor eksporti oshgan
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2022-yilning yanvar-fevral oylarida xorijiy davlatlarga qiymati 5,4 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 4,9 ming tonna anor eksport qilgan.
Anor eksporti oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 ming tonnaga oshgan.
Oʻzbekiston 2022-yilning dastlabki ikki oyida eng koʻp anor eksport qilgan davlatlar:
— Rossiya – 2,5 ming tonna
— Qozogʻiston – 1,7 ming tonna
— Tojikiston – 492 tonna
— Qirgʻiz R. – 239 tonna
Ikki oyda xorijga eng koʻp anor eksport qilgan hududlar:
— Qashqadaryo viloyati – 998 tonna
— Surxondaryo viloyati – 823 tonna
— Toshkent viloyati – 767 tonna
— Fargʻona viloyati – 661 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring