Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 20-avgust kuni kuchli shamol koʻtarilishi mumkin

17:12 19 Avgust 2022 Jamiyat
1040 0

Foto: Arxiv surat

“Oʻzgidromet” respublika boʻyicha 20-avgustga ob-havo prognozini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-17°, kunduzi 27-29° boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 24-29° boʻladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatiladi. Ayrim joylarda shamolning kuchayishi 24-27 m/s ga yetishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 26-31° boʻladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatiladi. Samarqand, Jizzax viloyatlarida shamolning kuchayishi 24-27 m/s ga yetishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° boʻladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatiladi. Qashqadaryo viloyatida shamolning kuchayishi 24-27 m/s ga yetishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 30-35° boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar kuzatiladi. Fargʻona va Namangan viloyatlarida shamolning kuchayishi 24-27 m/s ga yetishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 27-32° boʻladi.

Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 15-20° boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер