Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 19-noyabr kuni vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi
Foto: Arxiv surat
“Oʻzgidromet” 19-noyabr, yakshanba kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9° iliq, kunduzi 16-18° iliq boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq boʻladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 20-25° iliq boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq boʻladi.
Respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3-8° iliq boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring