Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 19-may kuni kunduzi qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin

07:34 19 May 2022 Jamiyat
816 0

Foto: Illustrativ foto

“Oʻzgidromet” 19-may, payshanba kuni uchun ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17°, kunduzi 28-30° boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 27-32° boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 28-33° boʻladi.

Toshkent viloyatida havo oʻzgarib turadi, kunduzi baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 27-32° boʻladi.

Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 14-19°, kunduzi 27-32° boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° boʻladi.

Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechga tomon baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 25-30° boʻladi.

Respublikamizning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻladi, baʼzi joylarda kuchli boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 17-22° boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер