Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 17-oktyabr kuni yomgʻir yogʻadi, harorat keskin pasayadi
Foto: Arxiv surat
“Oʻzgidromet” Oʻzbekiston boʻylab 17-oktyabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.
Toshkent shahrida havo oʻzgarib turadi, biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12°, kunduzi 20-22° boʻladi.
Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang toʻzonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 20-25° boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13°, kunduzi 20-25° boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 9-14°, kunduzi 23-28° boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, kechga tomon baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 22-27° boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 10-15° iliq boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring