Oʻzbekistonning Afgʻoniston boʻyicha pozitsiyasi aytildi
Oliy Majlis Senatining oʻn sakkizinchi yalpi majlisida hisobot bergan Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Farhod Arziyev vazirlik faoliyati yuzasidan senatorlarning savollariga ham javob berdi.
Xususan, Afgʻonistondagi vaziyat boʻyicha F.Arziyev Oʻzbekiston Afgʻonistondagi barcha ichki siyosiy kuchlar oʻrtasida Afgʻonistonning yangi hukumatini tuzish boʻyicha milliy murosaga imkon qadar tezroq erishishdan manfaatdor, deb taʼkidladi. Oʻzbekiston mazkur mamlakatda keng vakillikka asoslangan inklyuziv koalitsion hukumatni tuzish asnosida tinchlik oʻrnatilishini qoʻllab-quvvatlashi aytildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Xalqaro hamkorlariga Afgʻonistondan fuqarolarni tranzit yoʻli bilan xavfsiz joyga koʻchirish borasidagi ishlariga yordam bermoqda. Bundan tashqari, tranzit orqali Afgʻonistondan chiqib ketayotgan fuqarolar belgilangan manzilga yetib borishi kafolatlangan. Tranzit yoʻli bilan Oʻzbekistonga kirib kelganlarning hech biri mamlakatimizda qolmaydi.
Afgʻonistondagi vaziyat sababli ayrim davlatlarning diplomatik vakolatxonalari faoliyati toʻxtatilgani, oʻz navbatida Oʻzbekistonning Kobul va Mozori Sharif shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalari faoliyat olib borayotgani aytib oʻtdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring