Oʻzbekistonni kuchli magnit boʻroni qopladi
Foto: Arxiv surat
Oʻzbekistonda besh magnitudali magnit boʻronlari kuzatilmoqda, deb xabar berdi “Oʻzgidromet” mutaxassisi Erkin Abdulaxatov.
Magnit boʻronlari soat 11:00 gacha davom etishi aniqlangan. Kun davomida magnit boʻronlari passiv darajaga qaytadi, yarim tunga yaqin ikki magnitudagacha tushadi.
Quyosh chaqnashi natijasida magnit boʻroni paydo boʻlib, protonlar va elektronlarning kosmosga kuchli chiqishini keltirib chiqaradi, ular kuchli zaryadga ega boʻlib, Yerning magnit maydonlariga taʼsir qiladi.

Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring