Oʻzbekistonliklarning oʻrtacha oylik ish haqi qancha?

13:25 27 Iyul 2020 Iqtisodiyot
4120 0

2020-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston boʻyicha yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2,5 mln soʻmni tashkil etib, 2019- yilning mos davriga nisbatan 21,6 foizga oshdi.

Davstatqoʻm xabariga koʻra, oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining respublika boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichidan sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish faoliyati – 30,4 foizga, taʼlim sohasi - 22,9 foizga sezilarli darajada past boʻldi. Shu bilan birga bank, sugʻurta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati - 13,7 foizga, axborot va aloqa sohasi - 62,2 foizga respublika boʻyicha oʻrtacha koʻrsatkichdan sezilarli darajada yuqoriligi kuzatildi.

Iqtisodiy faoliyatning barcha turlarida 2019-yilning mos davriga nisbatan oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining oʻsishi kuzatildi. Ayniqsa bank, sugʻurta, lizing va kredit-vositachilik faoliyatida - 33,4 foizga, tashish va saqlash sohasida - 28,5 foizga sezilarli oʻsish kuzatildi.

Taʼlim sohasi boʻyicha oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1,9 mln soʻmni tashkil etib, 2019-yilning mos davriga nisbatan 17,0 foizga oshgan.

Respublikadagi oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqiga nisbatan sezilarli yuqori koʻrsatkichlar Toshkent shahri - 39,6 foiz, Sirdaryo viloyati - 2,0 foiz, Toshkent viloyati - 0,2 foiz va Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 0,2 foiz hissasiga toʻgʻri kelgan.

Shu bilan birga, 10 ta hududda ushbu sohadagi oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining respublika oʻrtacha koʻrsatkichidan past ekanligi kuzatildi.

Respublikadagi oʻrtacha oylik ish haqiga nisbatan sezilarli past koʻrsatkichlar Surxondaryo viloyati - 95,6 foiz, Xorazm viloyati - 92,0 foiz, Fargʻona viloyati - 90,9 foiz, hamda Qashqadaryo viloyati - 88,7 foiz hissasiga toʻgʻri kelgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер