Oʻzbekistonliklar sayohat uchun koʻproq qaysi davlatlarga bormoqda?
2025-yilning yanvar-aprel oylarida jami 2 million 116,9 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda xorijiy davlatlarga safar qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 404,5 ming nafarga yoki 23,6 foizga oshgan.
Joriy yilning yanvar aprel oylarida xorijiy davlatlarga safar qilgan Oʻzbekiston fuqarolari mamlakatlar boʻyicha quyidagicha:
- Qirgʻiz Respublikasi – 899 ming nafar;
- Tojikiston – 388,4 ming nafar;
- Qozogʻiston – 354,9 ming nafar;
- Saudiya Arabistoni – 133,6 ming nafar;
- Rossiya – 93,9 ming nafar;
- Turkiya – 64,2 ming nafar;
- BAA – 58,8 ming nafar;
- Misr – 22,4 ming nafar;
- Tailand – 15,4 ming nafar;
- Vyetnam – 11,4 ming nafar;
- Boshqalar davlatlar – 74,6 ming nafar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring