Oʻzbekistonliklar Saudiya Arabistoniga qassobchilikka jalb qilinishi mumkin
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, mamlakatimizning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi va Islom taraqqiyot banki vakillari ishtirokida videokonferensaloqa shaklida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda Haj mavsumida Oʻzbekiston fuqarolarini Saudiya Arabistoniga qassobchilik ishlariga jalb qilish masalalari muhokama etildi. Xususan, nomzodlarga qoʻyiladigan talablar, ish sharoitlari va boshqa tashkiliy masalalar boʻyicha fikr almashildi.
Tomonlar yaqin vaqt oraligʻida fuqarolarni qassobchilikka jalb qilish boʻyicha Oʻzbekistondagi mavjud imkoniyatlar, xususan shariat asosida Haj mavsusmida qurbonlik uchun hayvonni soʻyish tajribasi, arab yoki ingliz tilini bilish darajasi, fuqarolarni ushbu sohaga tayyorlash imkoniyatlarini oʻrganish boʻyicha ishlarning olib borilishini maʼlum qildi.
Muzokaralar natijasi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlar berib boriladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring