Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarga murojaat bilan chiqdi.
Unga koʻra, soʻnggi paytlarda konsullik Call-markaziga Oʻzbekiston fuqarolari tomonidan Rossiyaga kirishda yoki Moskva shahridagi “Sheremetyevo” xalqaro aeroportida tranzit orqali oʻtishda aeroport xodimlari tomonidan uzoq va haddan tashqari koʻp tekshiruvlar oʻtkazilayotgani boʻyicha koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda.
“Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida elchixona Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat yubordi”, deyiladi elchixona xabarida.
Shu bilan birga, elchixonaning konsullik boʻlimi “Sheremetyevo” aeroportining chegara nazorati xizmati bilan doimiy aloqada ekanini ham qoʻshimcha qilgan, diplomatik missiya.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring