Oʻzbekistonliklar qaysi vaksina bilan koʻproq emlanmoqda?

02:44 03 May 2021 Jamiyat
1766 0

Vaksinatsiyaning dastlabki oʻn kunida AstraZeneca bilan emlanish 68 foiz, ZF-UZ-VAC2001 bilan emlanish 32 foiz boʻlgan.

Ikkinchi oʻn kunlikda esa AstraZeneca bilan emlanish 10 foiz kamayib, 58 foizga tushgani, ZF-UZ-VAC2001 bilan emlanish esa 42 foizga yetgani koʻrinmoqda.

28-aprelga kelib mamlakatimiz aholisi uchun uchinchi vaksina — “Sputnik V”dan ham foydalanish boshlandi.

Oy oxiriga kelib vaksinadan foydalanish koʻrsatkichi AstraZeneca da 40,9 foiz, ZF-UZ-VAC2001 da 58,4 foiz, «Sputnik V«da 0,7 foizni tashkil qilgan.

30-apreldagi kunlik holatga koʻra, mamlakat boʻylab 2181 nafar fuqaro AstraZeneca bilan , 74 773 nafar aholi ZF-UZ-VAC2001 bilan, 2356 nafar kishi «Sputnik V” bilan emlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер