Oʻzbekistonlik oʻquvchilar xalqaro olimpiadada toʻrtta medalni qoʻlga kiritishdi
Xabaringiz bor, Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning olti nafar iqtidorli oʻquvchilari 2-ochiq xalqaro Astronomiya olimpiadasi (OWAO 2023) ishtirok etish uchun Rossiyaning Sochi shahriga joʻnab ketgan edi.
Oʻzbekistonlik oʻquvchilar joriy yilning 14-21-noyabr kunlari oʻtkazilgan mazkur olimpiadada 1 ta kumush, 3 ta bronza medallari, jumladan:
➖ Abdulloh Abdurashidov — kumush;
➖ Abdulloh Mamaniyozov, Ozodbek Ravshanov, Nurbek Rayimovlar — bronza medallari;
➖ Kurbonov Muhammadamin “Faxriy yorliq”ni qoʻlga kiritdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring