Oʻzbekistonlik muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Janglarim davomida meni qoʻllab-quvvatlab turdingiz, buni his qildim – Nurmagomedov
Avvalroq yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov Toshkentga yetib kelgani haqida xabar bergan edik.
Nurmagomedov oʻzbek sportchilari haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi va oʻzbekistonlik muxlislariga minnatdorchilik bildirdi. Bu haqda “UzReport” xabar bermoqda.
“Barchaga Assalomu alaykum. Birinchi navbatda oʻzbekistonlik muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Janglarim davomida meni qoʻllab-quvvatlab turdingiz, buni his qildim. Buning uchun rahmat.
Mamlakatda sportni rivojlantirish uchun barcha bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilish kerak. Koʻrib turibman, xalqaro arenalarda oʻzbek jangchilari paydo boʻla boshladi. Sizlarda boks ham yaxshigina rivojlangan. Sizlardagi yigitlarning potensialini koʻrib turibman”, dedi Nurmagomedov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring