Oʻzbekistonga yarim yilda 48,5 ming xorijlik davolanish maqsadida kelgan
Illyustrativ foto
Oʻzbekistonga davolanish maqsadida kelgan xorijlik fuqarolar soni 48,5 ming nafardan oshdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilning yanvar iyun oylarida qariyb 5,3 mln nafar xorijlik fuqaro turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Ularning safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
• qarindoshlarni yoʻqlash – 3 596 799 nafar;
• sayohat – 783 696 nafar;
• xizmat yuzasidan – 594 023 nafar;
• tijorat – 223 581 nafar;
• davolanish – 48 557 nafar;
• oʻqish – 9 546 nafar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring