Oʻzbekistonga yanvar oyida 26,8 ming tonna bugʻdoy uni import qilindi
Foto: Illustrativ foto
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotiga koʻra, 2022-yilning yanvar oyida Oʻzbekistonga qiymati 8,5 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 26,8 ming tonna bugʻdoy uni import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar berdi.
Bugʻdoy uni importi hajmi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,9 ming tonnaga oshgan.
2022-yilning yanvar oyida Oʻzbekistonga eng koʻp bugʻdoy uni import qilingan davlatlar:
Qozogʻiston – 26,6 ming tonna;
Rossiya – 152 tonna;
AQSH – 50 tonna;
Italiya – 4,2 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring