Oʻzbekistonga uch oyda 91 ta elektromobil olib kelindi

17:39 21 Aprel 2021 Iqtisodiyot
1264 0

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekistonga xorijdan 91 ta elektromobil import qilingan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 78 taga koʻp.

2021-yilning mart oyida 6 ta elektromobil import qilingan.

2021-yilning yanvar-mart oylarida Oʻzbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?

Xitoy – 56 ta;

Turkiya – 24 ta;

Germaniya – 3 ta;

Koreya – 3 ta;

AQSH – 3 ta;

Litva – 1 ta;

Ispaniya – 1 ta.

Soʻnggi yillarda import qilingan elektromobillar soni:

2018-yilda – 13 ta;

2019-yilda – 39 ta;

2020-yilda – 131 ta.

Maʼlumot oʻrnida, 2021-yilning yanvar-mart oylarida import qilingan elektromobillar uchun 1,8 million AQSH dollari sarflangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер