Oʻzbekistonga sovuq havo oqimi kelyapti
Ertaga, 27-oktyabrda respublikaning shimoliy tumanlariga, 28-29-oktyabrda butun Oʻzbekiston hududiga Rossiyaning Yevropa qismi (Moskva oblasti)dan Volgaboʻyi orqali sovuq havo oqimining kirishi kutilmoqda.
Gidrometeorologiya xizmati markazining xabar berishicha, 27-28-oktyabrda Oʻzbekiston boʻyicha ayrim joylarda shamolning tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
28-29-oktyabrda havo harorati kechasi 0-3° darajagacha pasayadi, ayrim joylarda 1-2° sovuq boʻladi, kunduzi 10-13° daraja iliq boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring