Oʻzbekistonga salqin va sovuq havo oqimi kirib keladi
Bugun va ertaga Oʻzbekistonda yogʻingarchiliksiz quruq va issiq havo saqlanib turadi. Kunduzi harorat 27-32 daraja atrofida boʻladi.
16-sentyabrda respublikaning shimoliy tumanlariga Volgaboʻyidan salqin va kam nam havo oqimi kirishni boshlaydi. Kun davomida bu oqim mamlakatning shimoli va choʻl zonasidan oʻtadi va bulutlilikning ortishi va kunduzgi haroratning 20-25 darajagacha pasayishiga olib keladi.
“Oʻzgidromet” xabariga koʻra, 17-18-sentyabrda salqin va kam nam havo butun Oʻzbekiston hududiga tarqaladi. Hamma joyda bulutlilik ortadi, qisqa muddatli yomgʻirlar faqat respublikaning togʻoldi va togʻli tumanlarida yogʻishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 darajagacha, kunduzi 22-27 darajagacha pasayadi, bu iqlimiy meʼyordan 5-7 darajaga pastdir.
Sovuq havo fronti oʻtishi natijasida 16-17-sentyabr kunlari respublika boʻyicha shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda.
19-sentyabrda janubi-gʻarbiy issiq havo sovuq oqimni siqib chiqarishni boshlaydi va kunduzgi harorat 1-2 darajaga koʻtarilib, 25-30 darajani tashkil qiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring