Oʻzbekistonga issiq va quruq havo oqimi kirib keladi
Bugundan boshlab mamlakatimiz hududiga Volga boʻyi hududlaridan issiq va quruq havo kirib keladi.
Hafta davomida Oʻzbekiston boʻyicha asosan kam bulutli ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Butun davr davomida harorat foni maqbul boʻladi.
Havo harorati kechalari 22-25°, kunduz kunlari 38-41°, shimolda, janubda va choʻl hududlarida baʼzi joylarda 43° gacha atrofida boʻladi.
Bunday harorat qiymatlari iyun oyi oxiri-iyul oyi boshidagi oʻrtacha koʻp yillik qiymatlardan 2-4° ga koʻp boʻladi. Biroq, bizning Oʻrta Osiyo iqlimimiz uchun, ayniqsa soʻnggi yillarda bu anomal hodisa emas.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring