Oʻzbekistonga gaz plitalar importi 1,3 mingta oshgan
Foto: Illustrativ surat
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida xorijdan qiymati 4,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 38 979 dona gaz plitalar import qilingan.
Gaz plitalar importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 1328 donaga oshgan.
Oʻzbekiston 10 oy mobaynida eng koʻp gaz plitalarni import qilgan davlatlar:
— Belarus – 16,1 mingta;
— Xitoy – 15,1 mingta;
— Turkiya – 5,3 mingta;
— Polsha – 681 ta;
— Italiya – 625 ta;
— Ispaniya – 605 ta.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring