Oʻzbekistonga Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti tashrif buyuradi
Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallas 27-mart kuni Ashxobodda boʻlib oʻtadigan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” 20-vazirlar yigʻilishida ishtirok etganidan soʻng Toshkentga tashrif buyuradi. Bu haqda Yevropa Ittifoqining Oʻzbekistondagi delegatsiyasi rasmiy saytida maʼlum qilindi.
Ashxoboddagi yigʻilishda 2025-yil 3-4-aprel kunlari Samarqandda boʻlib oʻtadigan tarixda ilk bor “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” sammitiga tayyorgarlik, mintaqaviy xavfsizlik, transport va raqamli aloqa, energetika, savdo va taʼlim masalalari muhokama qilinadi.
Uchrashuvdan soʻng Kaya Kallas Toshkentga keladi va u yerda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov hamda prezident Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar oʻtkazadi. Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik, jumladan, iqtisodiy sheriklik, infratuzilmani rivojlantirish va energetika sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilinishi kutilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring