Oʻzbekistonga eng koʻp kofe Italiyadan import qilinmoqda
Foto: Illustrativ surat
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 2,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 340 tonna kofe import qilgan.
Kofe importi 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 8 tonnaga oshgan.
2022-yilning 9 oyida Oʻzbekistonga import qilingan kofening eng katta ulushiga ega boʻlgan davlatlar:
— Italiya – 88,4 tonna;
— Braziliya – 50,4 tonna;
— Rossiya – 51,6 tonna;
— Germaniya – 29,6 tonna;
— Polsha – 29,1 tonna;
— Turkiya – 13,9 tonna.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring