Oʻzbekistonga besh oy davomida 10 ming nafar yaponiyalik sayyoh kelgan
2025-yilning yanvar-may oylarida jami 10 ming nafar Yaponiya fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Joriy yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekistonga tashrif buyurgan Yaponiya fuqarolari safar maqsadlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan.
- sayyohlik – 8 ming 950 nafar;
- qarindoshlarni yoʻqlash – 751 nafar;
- xizmat yuzasidan – 286 nafar;
- oʻqish – 36 nafar;
- tijorat – 1 nafar;
Ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,5 ming nafarga yoki 53,2 foizga oshgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring