Oʻzbekistonga banan importi kamaygan
Oʻzbekiston 2020-yilning dastlabki 9 oyida xorijdan qiymati 15,3 mln. AQSH dollariga teng 23,1 ming tonna banan sotib olgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 1,6 ming tonnaga yoki 3,5 mln. AQSH dollariga kam.
Joriy yilda Oʻzbekistonga banan asosan Ekvador davlatidan (14,8 mln. AQSH dollari) olib kirilgan.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan 9 oy mobaynida Oʻzbekistonga banan eksport qilgan davlatlar:
Ekvador – 14,8 mln.
Rossiya Federatsiyasi – 109,7 ming
Qozogʻiston – 103,1 ming
Qirgʻiz Respublikasi – 96,5 ming
Xitoy – 91,4 ming
Meksika – 45,2 ming dollar
Maʼlumot oʻrnida, joriy yilda banan importi asosan Toshkent shahri (11,1 ming t.), Fargʻona (6,0 ming t.) hamda Toshkent (3,1 ming t.) viloyatlari hissasiga toʻgʻri kelgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring