Oʻzbekistonga 9 oyda nechta turist kelgan?
Foto: Xalq so‘zi
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida 3,6 mln. nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,5 mln. nafarga yoki 3,2 baravarga oshgan.
Oʻzbekistonga 9 oyda oyda eng koʻp qaysi davlatlarning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan?
— Qozogʻiston – 1076,2 ming nafar;
— Qirgʻiz R. – 952,1 ming nafar;
— Tojikiston – 950,3 ming nafar;
— Rossiya – 395,1 ming nafar;
— Turkiya – 53,3 ming nafar;
— Janubiy Koreya – 13,3 ming nafar;
— Germaniya – 13,5 ming nafar;
— AQSH – 9,8 ming nafar;
— Hindiston – 9,3 ming nafar;
— Fransiya – 8,3 ming nafar;
— Ozarbayjon – 7,3 ming nafar;
— Isroil – 8,4 ming nafar;
— Buyuk Britaniya – 7,7 ming nafar;
— Italiya – 5,9 ming nafar;
— Ispaniya – 4,3 ming nafar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring