Oʻzbekistonga 6 oyda 56,9 ming nafar chet ellik davolanish maqsadida kelgan

18:35 16 Iyul 2024 Jamiyat
437 0

Illyustrativ foto

2024-yilning yanvar iyun oylarida jami 56,9 ming nafar chet el fuqarosi davolanish maqsadida Oʻzbekistonga kelgan. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, bu yilgi koʻrsatgich oʻtgan yil bilan qiyoslaganda 24,6 ming nafarga yoki 76,4 foizga oshgan.

Joriy yilning oʻtgan 6 oyida yurtimizga davolanish uchun kulgan chet el fuqarolarining (mamlakatlar kesimida) soni quyidagicha:

  • Tojikiston — 43 287 nafar;
  • Qozogʻiston — 6 615 nafar;
  • Qirgʻiz Respublikasi — 5 485 nafar;
  • Rossiya — 925 nafar;
  • Turkmaniston — 462 nafar;
  • Turkiya — 23 nafar;
  • Afgʻoniston — 16 nafar;
  • Ozarbayjon — 9 nafar;
  • Boshqa davlatlar — 52 nafar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер